Shanba, 17.08.2019, 16:15
www.24soat.com
Приветствую Вас Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [742]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ [393]
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ [214]
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [318]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [208]
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / БЎЛГАН ВОКЭАЛАР / BO'LGAN VOQAEALAR
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [7]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / СЕВГИ ХАКИДА ХИКОЯЛАР
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР [179]
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР [116]
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР / ФОЙДА / ТАБОБАТ ОЛАМИ
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [5]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК [7]
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК / ТАОМЛАР / ОВКАТ ТАЁРЛАШ / ОВКАТЛАР / СИРЛАРИ / УСУЛЛАРИ / ХОРИЖИЙ ОВКАТЛАР
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR [169]
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR / ISLOM HAQIDA / HADISLAR / SAHIY HADISLAR / ISLOMIY HIKOYALAR / ISLOM TARIXI
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ [4]
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ / НАМОЗ УКИШ ХАКИДА / НАМОЗЛАР / ВАКТЛАР
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX [18]
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ [15]
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ / 18+ / +18 / 18 / КАТТАЛАР УЧУН МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ МАСЛАХАТЛАР / КОВУШИШ СИРЛАРИ / ДОКТОР Д / МАСЛАХАТЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ [168]
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР [10]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / TURK KINOLARI UZBEK TILIDA / KARA SEVDA UZBEK TILIDA / ТУРКЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ [13]
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ [33]
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ / ХИНДЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА [0]
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ [0]
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ / МУНАЖИМЛАР
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР [74]
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР ПРОГРАММАЛАР УЗБЕКЧА УЙИНЛАР
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР [0]
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР / НОКИА ЖАВА УЙИНЛАР / НОКИА САМСУНГ СОНИЙ ЖАВА УЙИН ПРОГРАММА ДАСТУРЛАР
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [105]
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО / ЖИНОЯТЛАР / ЎЛДИРДИ / СУЙИБ ТАШЛАДИ / ОСИБ КУЙДИ / ЖИНОЯТ СОДИР ЭТИЛДИ
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR [17]
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA [2]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA / O'ZBEK QO'SHIQCHILARI HAQIDA
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 3
Xisobot



Jami saytda: 12
Mehmon: 12
Ishtrokchilar: 0
Главная » 2019 » Avgust » 10 » Qurbonlik odoblari: qanday jonliq so‘yiladi, qurbonlikning so‘nggi vaqti va uni beriladigan kishilar xususida

09:15
Qurbonlik odoblari: qanday jonliq so‘yiladi, qurbonlikning so‘nggi vaqti va uni beriladigan kishilar xususida
Ertaga, O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami keng nishonlanadi. Bu bayram boshqalaridan shunisi bilan ajralib turadiki, mazkur ayyomda Alloh yo‘liga qurbonlik qilinadi va uning go‘shti yetim-yesirlarga, mazlum va ehtiyojmand kishilarga tarqatiladi. Bu shariat ahkomlarida belgilab qo‘yilgan. Xo‘sh, qurbonlik qanday qilinadi va uning go‘shti aynan kimlarga beriladi? Bu haqda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf o‘gitlariga nazar solamiz.

Qurbonlik qurbon hayiti kunlari so‘yiladigan hayvondir. Hanafiy mazhabi bo‘yicha qurbonlik qilish vojibdir. Qurbonlik qilish hur, oqil, muqim va zakot nisobiga molik bo‘lgan musulmon shaxsga vojib bo‘ladi. Hanafiy mazhabi bo‘yicha musofirga qurbonlik qilish vojib bo‘lmaydi.

Qurbonlik vojibligiga dalillar:

Alloh taolo «Kavsar» surasida:

 «Albatta, Biz senga Kavsarni berdik. Bas, Robbingga namoz o‘qi va jonliq so‘y», degan.

Ulamolarimiz ushbu oyati karimadagi «namoz»dan murod, iydi qurbon namozi, «jonliq»dan murod qurbonlikka so‘yiladigan hayvon, deganlar.

Mixnaf ibn Qays roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Arafotda turgan edik. Men U zotning:

«Ey, odamlar, har bir uy ahliga har yili bir qurbonlik va atiyra lozimdir», deganlarini eshitdim».

Sunan egalari rivoyat qilgan.

Ko‘pchilik qo‘shilishib qurbonlik qilishga harakat qiladi. Birov o‘zim qurbonlik qilaman deb bir mol sotib olgan bo‘lsa, olti kishi kelib sherik bo‘lsalar joiz.

Qurbonlikning vaqti, shaharda so‘ysa iyd namozidan, boshqa joyda bo‘lsa iyd kuni tongi otganidan so‘ngdir. Uning oxirgi vaqti uchinchi kunning quyoshi botishidan sal oldin.

Qurbonlikning vaqti iyd namozidan so‘ng ekaniga dalil:

Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Albatta, ushbu kunimizda eng avval boshlaydigan narsamiz, namoz o‘qimoqligimizdir. So‘ngra, qaytamiz va so‘yish so‘yamiz. Bas, kim o‘shandoq qilsa, bizning sunnatimizni topibdir. Kim undan oldin so‘ysa, o‘z ahliga go‘sht taqdim qilibdi, xolos. Ibodatdan hech narsa yo‘qdir»-dedilar. Abu Burda so‘yib bo‘lgan edi. Bas, u:

«Mening musinnadan yaxshiroq jaza'am bor?» dedi.

«Uni so‘y! Ammo, sendan keyin, biror kishidan kifoya qilmas», dedilar u zot».

Qorong‘ida turli xatolar sodir bo‘lishi mumkinligidan kechasi so‘yish makruhdir.

Alloh taoloning yo‘lida qurbonlik qilaman deb nazr atagan va o‘ziga vojib bo‘lmasa ham, qurbonlik qilaman deb hayvon sotib olgan odamlar vaqtida uni qila olmay vaqtini o‘tkazib yuborsalar, hayvonni tirikligicha sadaqa qiladilar. Chunki, ular o‘zlariga o‘zlari bu ishni vojib qilib olganlar.

Endi, qurbonlik qilinadigan hayvonlarning sifatlari haqida ma'lumot beriladi.

Qo‘ydan jaza' – olti oylik - va undan boshqadan saniy va undan kattasi qurbonlikka yaraydi. Saniy deb bir yoshlik qo‘y – echkiga va ikki yoshlik molga va besh yoshlik tuyaga aytiladi.

Bu hukmlar hadisi shariflardan olingan.

Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga qo‘ylarni O‘z sahobalariga qurbonlik qilishlariga taqsimlab berish uchun berdilar. Bas, bir yoshli uloqcha ortib qoluvdi, uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qildi. U zot:

«Uni sen qurbonlik qil», dedilar».

Beshovlari rivoyat qilgan.

Demak, imkoni bor odam kamida bir yoshli qo‘y yoki echki qurbonlik qilishi kerak. Agar kambag‘alligi tufayli, qo‘li qisqalik qilib, bir yoshli qo‘yo-echkining ilojini qila olmasa, olti oylik bo‘lsa ham, kifoya qilaveradi.

Qurbonlikka aylanbosh, shoxsiz, bichilgan va qo‘tir hayvonlarni so‘ysa bo‘ladi. Ammo o‘ta ozg‘in va so‘yar joyga yurib bora olmaydigan cho‘log‘i bo‘lmaydi. Shuningdek, qulog‘i, ko‘zi, dumbasi va dumining uchdan biri ketgani ham bo‘lmaydi.

Bu hukmlarning dalil hadislarda kelgan.

Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimizda turib, barmoqlarim U zotning barmoqlaridan qisqa, barmoq uchlarim U zotning barmoq uchlaridan kichkina:

«To‘rt narsa qurbonlikka joiz emas; g‘ilayligi ochiq-oydin hayvon, bemorligi ochiq-oydin hayvon, cho‘loqligi ochiq-oydin hayvon va miyasi chatoq hayvon», dedilar».

Sunan egalari rivoyat qilgan.

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarni ko‘z va qulog‘ini yaxshilab ko‘rib olishimizga; g‘ilayni, muqobalani, mudobarani, xarqoni va sharqoni qurbonlik qilmasligimizga amr qildilar. Men:

«Muqobala nima?» dedim.

«Qulog‘ining bir tomoni kesilgan», dedi.

«Mudobara nima?» dedim.

«Qulog‘ining uchi kesilgan», dedi.

«Sharqo nima?» dedim.

«Qulog‘i yorilgan», dedi.

«Xarqo nima?» dedim.

«Qulog‘i belgi uchun yirtilgan», dedi».

Sunan egalari rivoyati...

Qurbonlikning oxirgi vaqtiga dalil.

Imom Molik Nofe'dan qilgan rivoyatda «Ibn Umar qurbonlik iyd kunidan keyin ikki kundir der edi», deyilgan.

Qurbonlik muhtoj kishilarga, yetim-yesirlarga, kambag‘al va shu qurbonlikka ehtiyoji bor oilalarga beriladi. Qurbonlikning uchdan birini o‘ziga olib qolish ulamolar tomonidan ittifoq qilingan.


Manba: 24soat.com -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
Категория: HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR | Просмотров: 21 | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Saytga kirish
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Janob Rasul - Oynonoy
2) Hosila Rahimova - Jonim
3) Sardor Mamadaliyev - Begonalarmiz (Video KLIP va MP3)
4) Qalbim toza bo'lsa bo'ldida - deydiganlarga - Shukurulloh domla
5) Isiriqchilar haqida, isiriq haqida - Shukurulloh domla
6) Munisa Rizayeva - Bir nima de
7) VIA Marokand - Popuri (2019)
8) VIA Marokand - Bom-bom
9) Tilanchilarga pul bermaslik haqida - Shukurulloh domla
10) Farrux Hamrayev - Meni eslaging kelsa

FOYDALI MASLAHATLA
YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
«  Avgust 2019  »
DushSeshChorPayJumShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2019
uCoz