Payshanba, 09.04.2020, 06:25
www.24soat.com
Приветствую Вас Гость | RSS

Sayt menyusi
Turkumlar
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24 [1816]
KUN YANGILIKLARI / ЯНГИЛИКЛАР / ХАБАРЛАР / HABARLAR / UZBEKISTAN 24
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ [1298]
DUNYO YANGILIKLARI / JAHON YANGILIKLARI / ДУНЁ ЯНГИЛИКЛАРИ / ЖАХОН ЯНГИЛИКЛАРИ
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ [441]
FUTBOL YANGILIKLARI / ФУТБОЛ ЯНГИЛИКЛАРИ / 24 СОАТ ФУТБОЛ
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ [785]
SHOU BIZNES YANGILIKLARI / ШОУ БИЗНЕС ЯНГИЛИКЛАРИ
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [569]
HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / ХАЁТИЙ ХИКОЯЛАР / БЎЛГАН ВОКЭАЛАР / BO'LGAN VOQAEALAR
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ [26]
SEVGI HIKOYALARI / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ / СЕВГИ ХАКИДА ХИКОЯЛАР
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР [577]
FIKR VA MULOHAZALAR / BAXS MUNOZARALAR / БАХС ФИКР МУЛОХАЗАЛАР
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР [314]
FOYDALI MASLAHATLAR / MASLAHATLAR / ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР / МАСЛАХАТЛАР / ФОЙДА / ТАБОБАТ ОЛАМИ
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР [18]
AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК [10]
PAZANDACHILIK / PAZANDA / TAOMLAR RETSEPTLARI / ТАОМЛАР РЕТСЕПТЛАРИ / ПАЗАНДАЧИЛИК / ТАОМЛАР / ОВКАТ ТАЁРЛАШ / ОВКАТЛАР / СИРЛАРИ / УСУЛЛАРИ / ХОРИЖИЙ ОВКАТЛАР
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR [324]
HIDOYAT SARI / DINIY MALUMOTLAR / ISLOMIY MALUMOTLAR / MARUZALAR / ISLOM HAQIDA / HADISLAR / SAHIY HADISLAR / ISLOMIY HIKOYALAR / ISLOM TARIXI
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ [8]
NAMOZ VAQTI / NAMOZ VAQTLARI / НАМОЗ ВАКТИ / НАМОЗ УКИШ ВАКТЛАРИ / НАМОЗ / НАМОЗ УКИШ ХАКИДА / НАМОЗЛАР / ВАКТЛАР
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX [80]
TARIXIY MALUMOTLAR / ТАРИХИЙ МАЛУМОТЛАР / MOZIYDAN SADO / TARIX / JAHON TARIXI / O'ZBEKISTON TARIXI / AMIR TEMUR HAQIDA / BOBUR HAQIDA / ALISHER NAVOIY HAQIDA / TARIXIY YANGILIKLAR / 24 SOAT TARIXIY MALUMOTLAR
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ [17]
JINSIY MALUMOTLAR / JINSIY HAYOT / ЖИНСИЙ МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ ХАЁТ / 18+ / +18 / 18 / КАТТАЛАР УЧУН МАЛУМОТЛАР / ЖИНСИЙ МАСЛАХАТЛАР / КОВУШИШ СИРЛАРИ / ДОКТОР Д / МАСЛАХАТЛАР
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ [291]
O'ZBEKCHA KINOLAR YANGI / УЗБЕКЧА КИНОЛАР ЯНГИ
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР [28]
TURKCHA KINOLAR / ТУРКЧА КИНОЛАР / TURK KINOLARI UZBEK TILIDA / KARA SEVDA UZBEK TILIDA / ТУРКЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ [14]
JAHON KINOLARI / CHET EL KINOLARI / ЧЕТ ЭЛ КИНОЛАРИ / ЖАХОН КИНОЛАРИ ЯНГИЛАРИ
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ [50]
HIND KINOLARI / ХИНД КИНОЛАРИ / ХИНДЧА КИНОЛАР УЗБЕК ТИЛИДА
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА [2]
TUSH TABIRI / TUSHLAR TABIRI / ТУШ ТАБИРИ / ТУШЛАР ТАБИРИ / ТАБИРЛАР / ТУШ КУРГАНДА / ТУШДА КУРСА / ТУШДА ИЛОН КУРСА / ТУШДА КУЧУК КУРСА / ТУШЛАР ХАКИДА
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ [8]
MUNAJJIMLAR BASHORTI / MUNAJJIMLAR / MUNAJIM / МУНАЖЖИМЛАР БАШОРАТИ / МУНАЖЖИМ / БАШОРАТ / МУНАЖИМЛАР
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР [76]
ANDROID O'YINLAR VA DASTURLAR / APK O'YINLAR / PROGRAMMALAR / АНДРОИД УЙИНЛАР ДАСТУРЛАР ПРОГРАММАЛАР УЗБЕКЧА УЙИНЛАР
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР [0]
JAVA O'YINLAR / JAVA DASTURLAR / ЖАВА УЙИНЛАР / ЖАВА ДАСТУРЛАР / НОКИА ЖАВА УЙИНЛАР / НОКИА САМСУНГ СОНИЙ ЖАВА УЙИН ПРОГРАММА ДАСТУРЛАР
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО [223]
JINOYAT VA JAZO / ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО / ЖИНОЯТЛАР / ЎЛДИРДИ / СУЙИБ ТАШЛАДИ / ОСИБ КУЙДИ / ЖИНОЯТ СОДИР ЭТИЛДИ
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR [17]
Muchallar haqida malumot / Мучаллар хакида / MUCHALLAR / BURJLAR
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA [14]
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI / ЮЛДУЗЛАР БИОГРАФИЯСИ / AKTRISALAR HAQIDA / QO'SHIQCHILAR HAQIDA / O'ZBEK QO'SHIQCHILARI HAQIDA
Sizga savol
Bizning saytga baho bering
Всего ответов: 8
Xisobot



Jami saytda: 27
Mehmon: 27
Ishtrokchilar: 0
Главная » 2020 » Mart » 24 » Qotil yollagan ayol

06:26
Qotil yollagan ayol
Avvalo niyat to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Maqsadga yetishish uchun sabr ham lozim. Niyati to‘g‘ri bo‘lmagan odam sabr qilolmaydi.
Munira 1995 yili oilasi bilan Samarqand shahri Beruniy ko‘chasidagi ko‘pqavatli uylardan biriga ko‘chib keldi. Bu yerda 15 yilga yaqin yashadi. Shu yillar davomida qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘yga aralashib o‘ziga yarasha hurmat qozondi. Ayniqsa, Lyubov xola ismli qo‘shnisi bilan juda yaqin bo‘lib qolishdi.

Yaqin qarindoshlaridan hech kimi yo‘q Lyubov Ivanova yolg‘iz yashardi, buning ustiga ancha yoshga borib qolgan. Bunday kishilar mehrga zor, ozgina bo‘lsa-da moddiy yordamga muhtoj bo‘ladi.

Munira biror yegulikmi, kechki ovqat ko‘tarib Lyubov xolaning uyiga ko‘p kirar, ikkalasi soatlab gaplashib o‘tirishardi. Yordam kerak bo‘lib qolsa, pul-muldan yordam berardi. Shu zayl yillar o‘tdi. Lyubov xolaning uyi kimga qolishi masalasini Munira har zamonda gap orasida qistirib o‘tardi, lekin Lyubov xola e’tibor bermasdi. «Maslahatlashamiz» deb qo‘ya qolardi. Munira asta-sekin gapni jiddiylashtirib bordi:

– Siz vaqti kelib olamdan o‘tsangiz, merosxo‘ringiz bo‘lmagani uchun uy davlatga o‘tib ketadi. Keyin kimlardir foydalanib qoladi. Keling, undan ko‘ra men sizni umringiz oxirigacha parvarish qilaman, moddiy ta’minlayman, kasal bo‘lsangiz davolataman. Xullas, bir farzandday xizmat qilaman. Evaziga siz uyni menga meros qoldirsangiz, – dedi.

Lyubov xola ko‘p o‘yladi. Orada oylar, yillar o‘tdi. Bu orada Munira mehribonchilikni kuchaytirib bordi. 2009 yilda Samarqand tumanidan hovli sotib olib, oilasi bilan ko‘chib ketdi. Lekin aloqani uzmadi, tez-tez bozor-o‘char qilib, xabar olib turdi.

Xullas, Lyubov xola unga ishondi. 2016 yilda Lyubov Ivanova uyini vafotidan keyin Muniraga meros qoldirish to‘g‘risida vasiyatnomani notarius orqali rasmiylashtirdi.

Munira niyatiga yetgandi. Endi kampir olamdan o‘tsa bas, yana bitta uyli bo‘ladi. Faqat kampir hali-beri o‘ladigan emas. Oradan yillar o‘tdi. Munira Rossiyaga ishlagani ketdi. O‘sha yoqdan Lyubov xolaga oz-ozdan pul jo‘natib turdi. Kelganida bozorlik qilib, holidan xabar oldi. Munosabatlari o‘zgarmadi.

Vasiyatnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng ham uch yil o‘tdiki, kampir tirik. Bu asta-sekin Muniraning asabiga tega boshladi. «Bu kampir o‘ladiganga o‘xshamaydi!» derdi o‘ziga o‘zi.

Lyubov xola juda keksayib qolgan. Uyidan chiqmaydi, eshigini ham birovga ochmaydi. Faqat Munira bilan telefonda gaplashib turadi, xolos. Munira ham ko‘p pul berayotgani yo‘q, oyiga o‘rtacha 100 000 so‘mdan jo‘natib turardi.

Munira Rossiyadan bu galgi kelishida yana Lyubov xolani ko‘rgani bordi. Uyni ko‘zdan kechirdi, usta chaqirib, ta’mirlatmoqchi bo‘ldi:
– Biznikida birga yashab turasiz, uyni kapital ta’mirlaymiz. Keyin maza qilib yashayverasiz, – dedi.

Lyubov xola ko‘nmadi.
– Meni bezovta qilma, mendan keyin xohlaganday ta’mirlaysan, – dedi.
Shundan keyin Muniraning kayfiyati buzildi.

«O‘zi chumchuqning joniday joni bo‘lsa, o‘ldirtirib yuborsam-chi?» degan mash’um o‘y xayolini chulg‘ab oldi. Avvaliga qo‘rqinchli tuyulgan bu fikr asta-sekin qat’iylashib bordi. Xuddi boshqa chorasi yo‘qdek, shunday qilmasa uyni ololmaydigandek bezovta bo‘laverdi.

Nihoyat qat’iy qarorga kelgach, odam o‘ldirish qo‘lidan keladigan yollanma qotil izlay boshladi. Bu gapni hammaga aytib bo‘lmaydi, hamma ham odam o‘ldirishga rozi bo‘lavermaydi. Rosa o‘yladi, nihoyat Rossiyada qamoq jazosini o‘tab qaytgan bir kishi yodiga tushdi. Rossiya qamoqxonasini ko‘rgan odam pul uchun hech narsadan qaytmaydigan vahshiy bo‘ladi deb tasavvur qildi.

Shuhrat aka Rossiyada tasodifan bir janjalga aralashib qolib, bir yilga qamalgan. Jazoni o‘tab kelgach, mashinasida yuk tashib, tinchgina tirikchilik qilayotgan edi. Munira uni izlab topdi:
– Shuhrat aka, sizga bir jiddiy taklif bor, – dedi Munira salom-alikdan so‘ng.

– Qo‘ldan kelsa xizmatdamiz, – dedi Shuhrat aka mashinasiga bir qarab qo‘­yib.
– Sizning qo‘lingizdan keladi, – dedi Munira ishonch bilan. – Bir keksa kampirni o‘ldirish kerak.

– Nima?! O‘ylab gapirayapsizmi?! – Shuhrat aka bir sapchib tushdi. Ko‘ziga qamoqxonaning panjaralari ko‘rinib ketdi. – Odam o‘ldirish ham katta gunoh, ham katta jinoyat. Bu fikrni kallangizdan chiqarib tashlang. Menga bu gapni aytmadingiz, men eshitmadim.

– Shuhrat aka, yoshligingizdan juda chapani edingiz. Sizning qo‘lingizdan keladi, – Munira ko‘ndirishga harakat qila boshladi. – Ming dollar beraman.
– Men bunaqa ishlarga aralashmayman, aqlimni yeganim yo‘q, siz ham bu gapni esdan chiqaring. Bu yaxshilikka olib kelmaydi.

Munira ko‘p yalindi, Shuhrat aka ko‘nmay ketib qoldi. Munira keyinchalik ham ikki-uch marta uni ko‘ndirmoqchi bo‘ldi, narxni ham 2000 dollarga chiqarib ko‘rdi, foydasi bo‘lmadi.

Munira boshqa odam izlay boshladi. Singlisi oilasidan ajrashgan kishi bilan turmush qurgandi. O‘sha odamning avvalgi turmushidan Farhod ismli o‘g‘li bo‘lib, u ham Rossiyada jinoyat sodir qilib, jazo o‘tab kelgan edi. Munira Farhodni izlab topdi.

– Farhod, nima ish qilayapsiz?
– Hozircha bekorman, – dedi Farhod. – Lekin ish izlayapman.

Muniraga shu gap kerak edi:
– Men sizga ish topib beraman. «Volga» olib beraman, yuk tashib pul topib yurasiz. Faqat oldin mening bir iltimosimni bajarishingiz kerak.

– Xo‘sh?.. – qiziqib qoldi Farhod.
– Bir kampirni o‘ldirish kerak. Oldindan 500 dollar beraman. Ishni bajarganingizdan keyin yana 600 dollar beraman.

Farhod o‘ylab ko‘rishini aytib ketdi. Keyin yana bir-ikki marta telefonda gaplashishdi. Keyingi uchrashganlarida Munira Farhodga 200 dollar avans berdi. Manzilni tushuntirdi.

– Kampir begonaga eshikni ochmaydi. Siz shahar gaz idorasidanman deb boring, – dedi Munira.
Farhod Munira ortimdan odam qo‘­yib kuzatayotgan bo‘lsa kerak deb o‘yladi va manzilga bordi. Eshikni taqillatdi. Lyubov xola eshikni ochmadi.

Farhod bu haqda Muniraga aytdi. U yangi hiyla topdi:
– Men kampirga bir odamdan pul berib yuborayapman deyman. 200 dollarni maydalab, 500 ming tayyorlab qo‘ying, olib borasiz, – dedi.

Munira Lyubov xolaga telefon qilib, «Bir kishidan pul berib yuborayap­man» degandi, u rozi bo‘lmadi, «o‘zing olib kel» dedi.

Farhod boshidanoq bu masala bo‘yicha xulosa chiqargan, bu haqda yangasiga aytgandi:
– Munira xola menga bir rus kampirni o‘ldirishga buyurtma berdi. Lekin uni o‘ldirmayman. Men o‘ldirmasam, u boshqa birovni topib kampirni o‘ldirtirishi mumkin. Shuning uchun Munirani organga ushlab beraman.

Farhod shu fikrda edi. Faqat Muniraning harakatlari jiddiymikin deb kuzatib yurgandi. Vaziyat jiddiylashib, Munira uni tezlayvergach, Samarqand shahar IIBga borib ariza berdi. Darhol tadbir uyushtirildi.
– Men eshikning qulfini ochadigan usta topdim, – dedi u Muniraga qo‘ng‘iroq qilib, – faqat unga ham 100 dollar berish kerak.

Munira kelishilgan joyga yetib keldi, yana biroz muhokama qilishdi. Munira Farhodga 100 dollar berib:
– Bugundan qolmasin, – dedi. Shu payt huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uni qo‘lga olishdi.

Tergov-surishtiruv jarayonida barcha holatlarga aniqlik kiritildi, Muniraning aybi to‘liq isbotlandi. Lyubov Ivanova darhol vasiyatnomani bekor qildi.
Sud hukmi bilan Munira 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Manba: 24soat.com -Saytdan olindi.
Ushbu ma'lumot hordiq.uz dan olindi!

< ! > DO'STLARINGIZGA YUBORING:


Quyidagi yangiliklarni o'qing dod devorasiz:
2222222
Категория: HIKOYALAR / HAYOTIY HIKOYALAR / XIKOYALAR / SEVGI HIKOYALARI / ХИКОЯЛАР / СЕВГИ ХИКОЯЛАРИ | Просмотров: 60 | | Теги: #ahborot, #news, #habarlar, #uznews, #xabarlar, #Yangiliklar, #Yangilik, #новости, #newsuz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Saytga kirish
Логин:
Пароль:
Malumot Izlash
-------


Yangi Musiqalar:
1) Yorqinxo'ja Umarov - Vatan o'g'lonlari
2) Renat Sobirov - Bevafoginam
3) Yusufxon Nurmatov - Muhabbat (feat Otabek Mirzaxolov)
4) Yulduz Usmonova - Omon bo'ling
5) Milena Madmusaeva - Oson emas
6) Zahida - Плакала (cover KAZKA)
7) Manzura va Anora - Assalamu alaykum
8) Yodgor Mirzajonov - Voy-voy
9) Yulduz Usmonova - L'amour
10) Ozodbek Nazarbekov - Opa (feat Maxset O'temuratov)

FOYDALI MASLAHATLA





















YANGI KINO FILMLAR










Kalendar
«  Mart 2020  »
DushSeshChorPayJumShanYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv ma'lumotlar
Do'stlar
Copyright www.24soat.com © 2020